Oʻzbekistonda energotejamkor qurilmalarni oʻrnatgan isteʼmolchilarga chegirma beriladi
Oʻzbekistonda isteʼmolchilarga energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatganliklari uchun 3-yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi. Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorida bu haqda belgilab qoʻyilgan.
Yangi tahrirdagi qaror bilan aholi isteʼmolchilari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.
Xususan, qarorning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga koʻra, isteʼmolchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3-yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.
Bunda:
- isteʼmolchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan soʻng, «Oʻzenergoinspeksiya» 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganini koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;
- tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan oʻrganiladi va ushbu hajmlar boʻyicha xulosa beriladi;
- energiya auditor xulosasi «Oʻzenergoinspeksiya» va hududiy elektr taʼminoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring