Oʻzbekistonda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishi va tadbirkorlar bilan muloqotda aytildi.
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotimizda pul koʻpaygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani taʼkidlandi.
Jumladan, korxonalarning banklardagi mablagʻlari 20 trillion soʻmga oshib, 107 trillion soʻmga yetdi. Aholi omonatlari ham 25 trillion soʻmga koʻpayib, 105 trillion soʻm boʻldi.
Bu banklarimiz barqaror rivojlanayotgani, ularga aholi va tadbirkorlarimiz ishonchi ortib borayotganidan dalolat ekani taʼkidlandi.
Yil yakuni bilan ajratilgan jami kreditlar 275 trillion soʻmni tashkil qiladi. 2025-yilda bu 300 trillion soʻmdan oshishi hisob-kitob qilingan.
Ayniqsa, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion soʻmga yetkaziladi.
Tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib banklarimiz 2025-yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar jalb qilishi rejalashtirilgan.
Faktoringga keng yoʻl ochib berilgani natijasida shu yilning oʻzida 100 million dollarlik bunday xizmatlar koʻrsatildi.
Biznes uchun yoʻl, suv, elektr, gaz, temir yoʻl kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion soʻm ajratish rejalashtirilgan.
Korxonalarni barqaror energiya bilan taʼminlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt-soatga yetdi.
Bu yil ishga tushgan 6,3 milliard dollarlik 17 ta yirik “yashil” va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.
Bu ishlar davom ettirilib, 2025-yilda yana 6,4 milliard dollarlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.
Endi energiya sohasida ham raqobatli bozorga oʻtish vaqti kelgani qayd etildi. Hozirgi kunda yurtimizda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. Ilk bor 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring