Oʻzbekistonda YeIga mineral oʻgʻit eksportini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida elchilar xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan birga ishlasa, bu koʻrsatkichlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, oʻz ishlab chiqarishi deyarli yoʻq boʻlgan, ichki bozorni toʻldirish uchun 100 milliard dollarlik mahsulotni chetdan solib oluvchi Iroq mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun istiqbolli bozor hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Iroqdan 150 ta yirik kompaniya Oʻzbekistonga olib kelingani ijobiy baholandi.
Ular bizdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, hayron qolganini, oldinlari Oʻzbekiston mahsulotlari toʻgʻrisida deyarli tushunchasi boʻlmaganini aytyapti. Ular Iroqda korxonalarimizning rasmiy distribyutorini ochib, Yaqin Sharq bozorlariga jadal kirib borishni reja qilyapti.
Natijada shu yilning oʻzida Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulotlar yetkazib berishga kelishildi.
Tegishli davlatlardagi elchilarimiz Vyetnam, Bahrayn, Portugaliya bilan ham shu tartibda ishlab, hamkorlar topishi va bu bozorlarga kirish boʻyicha ishlashi kerakligi qayd etildi.
Oʻtgan yili Yevropaga eksport 23 foizga koʻpayib, 2,3 milliard dollarga yetdi.
Lekin ayrim davlatlardagi elchilarimiz ushbu bozorlarda oʻzbek mahsuloti nomini tanitish boʻyicha natija koʻrsata olmayotgani qayd etildi.
Fransiya kimyo sanoatimiz uchun yangi eksport yoʻnalishi, Fargʻona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalari uchun katta bozor ekani koʻrsatib oʻtildi.
Ushbu mamlakatdagi vakolatxonamizga Fransiyada oʻgʻitga boʻlgan talablar, ularning standartlarini Fargʻona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalariga yetkazish, ushbu korxonalar rahbarlari va ularning mahsulotlarini olib borib, koʻrgazma tashkil qilish topshirildi.
Umuman, Yevropaning qishloq xoʻjaligi rivojlangan davlatlariga mineral oʻgʻit eksportini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring