Oʻzbekistonda dam olish kunlarida salqin havo boʻladi

Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha respublikamizning shimoliy hududlariga Kavkazdan antitsiklon taʼsiri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi. Natijada havo haroratining biroz pasayganligi kuzatildi. Bugun bu jarayon respublikamizning markaziy hududlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Koʻpchilik viloyatlarimizda quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Ustyurtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor. Havo harorati 35-40 daraja, baʼzi joylarda 42 gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46 daraja, shimolda 28-33 darajani tashkil etadi.
Yurtimizdan salqin havo frontlari oʻtishi oqibatida baʼzi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli boʻron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari yurtimizning barcha hudularini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda baʼzi joylarda 39 darajagacha atrofida boʻladi.
Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring