Chevrolet Equinoxʻning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi toʻxtatiladi — “UzAuto Motors”

20:36 05 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1886 0

Modellarni yangilash strategiyasi sababli "Chevrolet Equinox"ning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi toʻxtatiladi. Bu haqda “UzAuto Motors” xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu avtomobil modelini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar olish uchun arizalarni rasmiylashtirish toʻxtatildi.

“UzAuto Motors” AJ kompaniyasi dilerlik tashkilotlari bilan birgalikda mijozlar oldidagi majburiyatlarining toʻliq bajarilishini va “Chevrolet Equinox” avtomobillarini xarid qilish uchun avvaldan shartnoma tuzgan soʻnggi mijozlarga toʻliq yetkazib berilishini taʼminlaydi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?