Oʻzbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashish dasturi qabul qilinadi

16:03 07 May 2025 Siyosat
137 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida yurtimizda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan koʻpi soʻnggi bosqichlarda aniqlanayotgani qayd etildi.

Shu bois, xuddi onkologiyada boʻlgani kabi bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha ham besh yillik dastur qabul qilinadi. Bunga kamida 110 million dollar yoʻnaltiriladi.

Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni boʻyicha akademik xab” tashkil qilinib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

Markaziy Osiyoda yagona boʻladigan ushbu akademik xabda mintaqamizdagi shifokorlar bolalar saratoni kasalliklarini erta aniqlash va davolash boʻyicha xalqaro standartlar asosida oʻqitiladi.

Shuningdek, joylardagi bolalar shifoxonalarining onko-gematologiya boʻlimlari kasallikni erta bosqichda aniqlaydigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.

Bu ishlarni tashkil qilish boʻyicha tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Mamlakatimizda har yili 600-700 million dollar mablagʻ samaradorligi isbotlanmagan va oʻrganilmagan dorilarga sarflanmoqda. Bunday dorilarning importdagi ulushi 42 foiz.

Rivojlangan davlatlar dalillarga asoslangan tibbiyotga tayanib, keng miqyosda oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar orqali samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan dorilardan foydalanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda “samarasiz yoki samarasi oʻrganilmagan” deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarishni boshlash topshirildi.

Barcha tibbiyot muassasalari, birinchi galda bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni asosli qoʻllash boʻyicha kompleks reviziya oʻtkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan chora koʻriladi.

Bosh prokuraturaga retseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash topshirildi.

“Elektron retsept” tizimini Toshkent shahrining Yunusobod tumanida toʻliq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер