Oʻzbekistonda “ayollar daftari” va “temir daftar”ga kirgan oilalarning yurak kasalliklari bilan ogʻrigan farzandlari bepul operatsiya qilinadi
Oʻzbekistonda maxsus loyiha doirasida “ayollar daftari”, “temir daftar”ga kirgan oilalarning yurak kasalliklari mavjud boʻlgan va jarrohlik amaliyotiga muhtoj boʻlgan farzandlariga bepul operatsiya xizmatlari taqdim etiladi. Bu haqda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boʻlim boshligʻi Guljamol Shukurova maʼlum qildi.
«Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda masʼul tuzilmalarning roli va oʻzaro taʼsirini kuchaytirish maqsadida ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi taʼlim muassasalarini tark etayotgan 310 nafar bolaning ijtimoiy moslashuvini qoʻllab-quvvatlash loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida “ayollar daftari”, “temir daftar”ga kirgan oilalarning yurak kasalliklari mavjud boʻlgan va jarrohlik amaliyotiga muhtoj boʻlgan farzandlariga bepul operatsiyalar va reabilitatsiya xizmatlari taqdim etiladi.
Shuningdek, respublika miqyosida “ayollar daftari”, “temir daftar”ga kirgan oilalarning, Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi lab-jagʻ sohasida nuqsoni boʻlgan, tananing turli qismlarida kuyish oqibati plastik jarrohlikka muhtoj boʻlgan 200 nafar bolalarga operatsiyalar va reabilitatsiya xizmatlari taqdim etiladi.
Mazkur loyiha uchun Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 550 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilmoqda», deydi Guljamol Shukurova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring