Oʻzbekistonda avtomobillarni ekologik sertifikatlashtirish bekor qilindi
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Hukumatning “Respublikada gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 597-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash bekor qilinadi.
Ushbu toifalardagi gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Hukumatning 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi.
Elektr dvigatellar bilan jihozlangan gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring