Oʻzbekistonda AI-80 benzini sotuvi toʻxtatilishi mumkin
Maʼlumki, 2024-yilning 29-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan AI-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish boʻyicha topshiriq bergan edi.
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yoʻnalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taʼqiqlanadi:
- asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
- teri-koʻnchilik, parrandachilik fabrikalari;
- samaradorligi yuqori boʻlgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi koʻmir yoqish;
- qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
- xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
Bundan tashqari, 2025-yil yakuniga qadar Yevro–4 standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash taklif etilgan.
Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash, bundan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilgʻi sifatida foydalanish holatlari mustasno ekanligi taʼkidlangan.
Eslatib oʻtamiz, Prezident farmoni loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi 22-yanvargacha davom etishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring