Oʻzbekistonda abituriyentlarning 40 foizidan ortigʻi minimal ball toʻplay olmadi
Foto: Arxiv surat
Yurist va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev maʼlum qilishicha, 2025-yilgi qabul imtihonlarida abituriyentlarning 41 foizidan ziyodi belgilangan minimal ballni toʻplay olmagan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda test sinovlarida 614 768 nafar abituriyent ishtirok etgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 122 ming nafarga kam.
Imtihon natijalariga koʻra, 253 844 nafar abituriyent (41,29%) minimal hisoblangan 56,7 ballni (maksimal ballning 30 foizi) yigʻa olmagan.
Shu bilan birga, oʻtgan yilga nisbatan koʻrsatkich 6 foizga yaxshilangani qayd etilmoqda. Xudoyberdiyevning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Masalan, 2022-yilda abituriyentlarning 51,2 foizi minimal balldan past koʻrsatkich qayd etgan.
Hududlar kesimida eng past natija Andijon viloyatida kuzatildi — bu yerda abituriyentlarning 47,6 foizi minimal ballni toʻplay olmagan. Eng yaxshi koʻrsatkich esa Buxoro va Toshkentda qayd etildi — 31,4 foiz.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring