Oʻzbekistonda 7 oyda 20 mingdan ortiq soliq xavflari mavjud tadbirkorlar aniqlandi
Foto: ChatGPT
Oʻzbekistonda 20 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektida soliq xavflari mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan 7 oyi davomida 16 trillion soʻmlik soliq xavflariga ega 20 mingdan ortiq subyekt aniqlangan. Ushbu natijalar “Soliq xavflarini aniqlash, tahlil qilish va baholash” tizimida qayd etilgan.
Ushbu subyektlar yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlik alomatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etishlari mumkin. Shundan soʻng, mazkur roʻyxat 2025-yil 1-noyabr holatiga qayta shakllantiriladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari endilikda sayyor soliq tekshiruvlari natijasida qoʻllangan moliyaviy jarimalarni 6 oyga boʻlib toʻlashlari mumkin boʻladi. Ilgari bunday imkoniyat faqat soliq auditi natijalari boʻyicha moliyaviy jarimalarga nisbatan berilar edi.
Qayd etish joiz, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazishda mobil videokameradan foydalanish majburiy boʻladi va bu tartib buzilganda tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring