Oʻzbekistonda 6,5 mingdan oshiq hindistonlik talaba tahsil olmoqda

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshiga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarida 12,5 ming nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning eng katta qismini, yaʼni 6502 nafarini hindistonliklar tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda esa 1430 nafar talaba bilan Turkmaniston va 1250 nafar talaba bilan Pokiston turibdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasidan 732 nafar, Qozogʻistondan 639 nafar, Qirgʻiz Respublikasidan 369 nafar, Xitoydan 325 nafar, Tojikistondan 322 nafar, Koreya Respublikasidan 197 nafar, Afgʻonistondan 157 nafar, Kanadadan 126 nafar va boshqa davlatlardan 431 nafar talaba tahsil olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring