Oʻzbekistonda 320 ta 24 soatlik koʻcha va hudud tashkil etilishi taklif qilinmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda “tungi iqtisodiyot”ni rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjatda MDH, SHHT, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar tajribasi oʻrganilgan boʻlib, tadbirkorlar bilan ham maslahatlashuvlar oʻtkazilgan. Loyiha 2030-yilgacha boʻlgan davrda yangi xizmat imkoniyatlarini yaratish, tungi iqtisodiyotning YIMdagi ulushini oshirish va bandlikni taʼminlashni maqsad qilib qoʻygan.
Rejalarga koʻra:
— 2030-yilga borib 24/7 faoliyat yurituvchi koʻchalar va hududlar soni 320 taga, tungi rejimda ishlaydigan kafe va restoranlar 8 mingga, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari esa 14,2 mingga yetkaziladi.
— Tungi avtobus kruizlari yoʻlga qoʻyiladi, ular orqali aholiga va turistlarga shaharning diqqatga sazovor joylari va tungi muhitini tanishtirish koʻzda tutilmoqda.
— 24/7 hududlarni aeroport va vokzallar bilan bogʻlovchi maxsus tungi avtobus yoʻnalishlari ham tashkil qilinadi.
— “Tungi iqtisodiyot” raqamli platformasi ishga tushirilib, u orqali turistlar va aholiga tungi obyektlar, transport va boshqa xizmatlar haqida maʼlumot beriladi.
Loyihada mahalliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning filiallari uchun xodimlarni qayta tayyorlash xarajatlarini qisman qoplab berish, reklama va yoritish xarajatlarini kamaytirish kabi choralar ham koʻzda tutilgan.
Shuningdek, “tungi iqtisodiyot menejeri” lavozimi joriy etilib, u 24/7 hududlarni boshqarish, biznes faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va madaniy tadbirlarni tashkil qilish bilan shugʻullanadi. 24/7 hududlarni maxsus boshqaruv kompaniyalari masʼuliyatiga topshirish, xavfsizlikni taʼminlash uchun intellektual kuzatuv tizimlarini oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu choralar natijasida 11 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi hamda yiliga 200 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar va turistlar jalb qilinadi.
“Tungi iqtisodiyot” konsepsiyasi 2025–2026-yillarda amalga oshiriladigan “yoʻl xaritasi” bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring