Oʻzbekistonda 15-iyuldan oʻqishni “perevod” qilish boʻyicha arizalar qabul qilish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, bugun, 15-iyuldan OTMlarda oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlanadi.
Qayd etilishicha, oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
- transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
- my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
- Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;
- Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.
Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga oʻtish uchun imtihon topshiradi.
Oʻtish ballini toʻplolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin. @mandat_javobbot orqali oʻqishni koʻchirish boʻyicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, oʻtish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishsa boʻladi.
Abituriyentlarga oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring