Oʻzbekiston yozgi Paralimpiyalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. “Toʻyga toʻyona” sifatida Temur Giyazov bronza medaliga ega chiqdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor boʻldi.
Qayd etish kerakki, bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakuniga yetmagan boʻlsada, Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytning oʻzidayoq 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Hali oldinda para yengil atletika, para dzyudo, para pauyerlifting va para kanoye boʻyicha sportchilarimizning ishtiroki davom etadi.
Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring