Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisiga yangi oʻrinbosarlar saylandi. Rais lavozimi esa hozircha vakant

13:38 19 Aprel 2021 Jamiyat
5615 0

Zayniddinov Shavkat Zayniddinovich Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Sh.Zayniddinov 1983-yil 21-avgustda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U bugungi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, markaziy kengash raisining oʻrinbosari lavozimiga Olimov Sherzod Murodullayevich saylandi. Sh.Olimov 1988-yil 20-iyunda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. U bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan Akmal Jumaboyev Toshkent shahri Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Tashkilot rasmiy saytiga koʻra, ayni vaqtda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi lavozimi vakant hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?