“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilishga oid qonun koʻrib chiqildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni koʻrib chiqildi.
Ushbu Qonun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy muloqot, iqtisodiy rivojlanish, transport-kommunikatsiya, investitsiya, energetika, taʼlim hamda madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Nizomda “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida Kotibiyatning vazifalari, mexanizmlari va hamkorlik yoʻnalishlari belgilab beriladi. Xususan, Kotibiyat sherik mamlakatlar oʻrtasida kelishuvlarni muvofiqlashtirish, amaliy loyihalarni samarali amalga oshirish va doimiy muloqot platformasini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.
Nizomning ratifikatsiyasi Oʻzbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirib, hududiy iqtisodiy, investitsiyaviy va infratuzilmaviy, transport va logistika yoʻnalishlarini rivojlantirish, yangi koridorlar yaratish va savdo aylanmasini oshirishga xizmat qiladi.
Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonning mintaqaviy hamkorlikka oid tashabbuslarini amalga oshirishda, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasidagi konstruktiv muloqot va amaliy sheriklikni yanada kuchaytirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring