Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga, hududiy mudofaa organlarining harbiy boʻlmagan xodimlari mehnatiga haq toʻlash esa joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi. Ushbu vazifa va imkoniyatlar Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashi yigʻilishida belgilab olindi.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi. Xususan, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda:
• 1-apreldan boshlab ofitserlarning koʻp yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi;
• kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi;
• hududiy mudofaa organlarining harbiy boʻlmagan xodimlari mehnatiga haq toʻlash joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi;
• 30-yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblashda hisobga olinadigan pul taʼminoti miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi;
• maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya maqsadida joriy yilda harbiy qism va muassasalar 1 million nusxada badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanadi;
• armiyada sportni rivojlantirish davom ettiriladi, jumladan, yoshlarning qiziqishiga javob beradigan zamonaviy yoʻnalishlar joriy etiladi;
• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda raqamli makon xususiyatlarini hisobga olish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring