O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlari qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bugungi kungacha har ikki davlat mudofaa idoralari qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazish muddati, ushbu tadbirga jalb etiladigan askar va zobitlar, harbiy texnikalar miqdori masalasini o‘rganib chiqishayapti.
Mashg‘ulotlar ikki qo‘shni davlat hududlarida joylashgan bir nechta poligonda o‘tkazilishi mumkin, deyiladi “AR” xabarda.
Ikki mamlakat Qurolli kuchlari vakillari qo‘shma mashg‘ulotlar paytida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ishlab chiqiladi.
Manbaga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylangunga qadar mazkur ikki mustaqil davlat harbiy qo‘shma mashg‘ulotlarni biror marta ham tashkil etmagan. O‘z navbatida, O‘zbekiston harbiylari ShHTning 2011 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Tinchlik missiyasi” aksilterror mashg‘ulotlarida ham qatnashmagan.
O‘zbekiston Mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov 2017 yil 11-13 oktbyar kunlari Tojikistonga tashrif buyurgandi. Bu mustaqillik yillarida mamlakatimiz Mudofaa vazirining qo‘shni respublikaga ilk safariga aylandi.
O‘shanda u MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashida qatnashgan va Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashib, harbiy sohada hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilgandi.
Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakuni bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida harbiy, maxsus yuklar va harbiy kontingentni tomonlar hududi orqali tranzit qilish sohasida hamkorlik bitimi imzolangandi. Ayni chog‘da mudofaa idoralari o‘rtasida ham harbiy hamkorlik qilish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring