Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi bilan tanishdilar
Dushanbega tashrif chogʻida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan birgalikda poytaxt Ekspo markazida tashkil etilgan Oʻzbekiston sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.
Yetakchilar “Made in Uzbekistan” brendi ostida tashkil etilgan pavilyon bilan tanishdilar. Unda mamlakatimiz avtomobilsozligining yuqori texnologik mahsulotlari, elektr va qishloq xoʻjaligi texnikasi, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa sanoat tarmoqlarining tovarlari namoyish etilgan.
Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish, oʻzaro tajriba va texnologiyalar bilan almashish zarurligini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring