O‘zbekiston va Sloveniya parlamentlararo hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Sloveniya Milliy assambleyasi Raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, shu jumladan ikki mamlakat parlamentlari darajasida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda parlamentlararo almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Sloveniya Milliy assambleyasi komissiyasi raisi Predrag Bakovich ishtirok etdi. Ikki mamlakat parlamentlarida "do‘stlik guruhlari" tashkil etilgan.
Qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish uchun sohaviy qo‘mitalar darajasida parlamentlararo hamkorlik muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, gumanitar hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashda, jumladan, madaniyat va kino kunlari, ko‘rgazmalar o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvlarni rivojlantirishda parlamentlarning ko‘magi zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, xalqaro parlament tashkilotlari doirasida tashabbuslarni muvofiqlashtirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kuchaytiriladi.
Birinchi O‘zbekiston — Sloveniya parlamentlararo forumini deputatlar va ekspertlar hamjamiyati ishtirokida Samarqand shahrida o‘tkazish taklif qilindi.
Parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring