Oʻzbekiston va Qozogʻiston neft-gaz sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “KazMunayGaz” AJ oʻrtasida neft-gaz sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Bu haqida “OʻzA” xabar berdi.
Unga koʻra, neft-gaz sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ikki davlat kompaniyalari oʻrtasida uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur hujjatda ekspertlar muloqotini yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish va strategik tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish nazarda tutilgan.
“Bitim doirasida loyihalar geografiyasini kengaytirish, resurs bazasidan samarali foydalanish va ishlab chiqarish hamda transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ekspertlar kompetensiyasini birlashtirish orqali amaliy yechimlar va tashabbuslar ishlab chiqiladi. Bu esa har ikki tomonning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
Jamiyat axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur qadam Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ishonchli hamkorlikni yanada mustahkamlab, Markaziy Osiyoda energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirishga turtki beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring