Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalariga start berdilar
Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
Jumladan, Fargʻona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt boʻlgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirgʻizistonga yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda “Kobalt,” “Oniks” va “Treker” rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yigʻiladi.
Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, oʻrnatildi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring