Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi

Xoʻjand shahrida oʻtayotgan uch tomonlama sammit doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida yetakchilar bahor ayyomi Navroʻz va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Bugun boʻlib oʻtgan uch tomonlama muzokaralar yakunlari, ularning asosiy natijasi sifatida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangani yuksak baholandi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan qoʻshma Investitsiya jamgʻarmasi koʻmagida sanoat kooperatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Energetika va transport kommunikatsiyalari sohasidagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari hududlar oʻrtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligini qayd etdilar.
Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring