Oʻzbekiston va Qatar parlamentlari doʻstlik guruhlari oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 15-dekabr kuni “Oʻzbekiston-Qatar” va “Qatar-Oʻzbekiston” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlari aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan onlayn muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi munosabatlar hamisha oʻzaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, doʻstlik guruhlari oʻrtasida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish, qonunchilik masalalari boʻyicha fikr almashish, qoʻshma tashabbuslarni muhokama qilish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, tegishli qoʻmita va komissiyalar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yosh parlament aʼzolari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bunday muloqotlar Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini qayd etib, hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring