Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida oʻgʻirlangan, yoʻqolgan va jinoyat faoliyati bilan bogʻliq mobil qurilmalar boʻyicha axborot almashinuvi tashkil etiladi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–335-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Hukumati bilan Ozarbayjon Hukumati oʻrtasida klonlangan, oʻgʻirlangan, yoʻqolgan va jinoyat faoliyati bilan bogʻliq mobil qurilmalar boʻyicha axborot almashinuvini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring