Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatini birgalikda oʻtkazish boʻyicha FIFAga ariza yubordi
Foto: OʻFA
FIFA 2027-yilda boʻlib oʻtadigan U-20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatini birgalikda oʻtkazish boʻyicha FIFAga ariza yubordi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda turkiyzabon mamlakatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirgan holda oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surgan.
“Bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor”, deyiladi xabarda.
OʻFA xabarida shuningdek, soʻnggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirilgani, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor oʻtkazilgan futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini oʻtagani alohida taʼkidlangan.
Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida eʼtirof etilgani ham eslatib oʻtilgan.
“Yurtimiz har doimgidek oʻzining mehmondoʻstligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va, albatta, futbolsevar muxlislarning mehri bilan butun dunyo eʼtiborini qozonishga tayyor”, deb yozadi OʻFA matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring