Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi aviaqatnovlar haftasiga 100 taga yetkaziladi

12:43 25 Yanvar 2024 Jamiyat
291 0

Pekin shahrida oʻtkazilgan muzokaralar natijasiga koʻra har ikki mamlakat uchun manfaatli boʻlgan muhim kelishuvning yakuniy matni boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinib, kelishuv bayoni imzolandi.

Ushbu kelishuv bayoni tomonlar oʻrtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqish, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga oʻzgartirishni nazarda tutadi.

Mazkur kelishuv joriy yilning aprel oyida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlarining qoʻshimcha uchrashuvi yakunlariga koʻra kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?