Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida nechta hujjat imzolanishi maʼlum qilindi
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida jami 19 ta bitim imzolanishi rejalashtirilgan. Shulardan ikkitasi davlatlararo, 6 tasi hukumatlararo va 8 tasi idoralararo kelishuvlardir.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Milana Bazarova matbuot markazidagi chiqishi davomida maʼlum qildi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, muhim bitimlardan biri harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi kelishuvdir. Bu harbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tajriba almashishni oʻz ichiga oladi. Belorussiya harbiy mahsulot va qurol ishlab chiqarish boʻyicha dunyoning yigirmata eng yirik davlatlaridan biri sanaladi. Mamlakatning 2017 yilda harbiy texnika mahsulotlarini yetkazib berish koʻrsatkichi bir milliard AQSH dollaridan oshdi. Qolgan shartnomalar sogʻliqni saqlash, turizm, qishloq xoʻjaligi, oliy taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring