Oʻzbekiston va AQSH odam savdosiga birgalikda qarshi kurashishdan manfaatdor
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish mavzusi Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Odam savdosini monitoring qilish va unga qarshi kurashish sohasidagi elchisi J.Richmond va vazir yordamchisining oʻrinbosari M. Mittelxauzer ishtirok etgan videokonferensiya ikki tomonlama kun tartibining muhim qismiga aylandi.
Keyingi yillarda bu borada Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi muloqotda oʻzaro tushunish va ishonchga erishilganligi qayd etildi. Bunda 2017-2021-yillarda rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar muhim rol oʻynadi.
Jumladan, joriy yilning oʻzida mamlakatimizda 17 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga tegishli qonunlar bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xalqaro tajribani hisobga olgan holda “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq etish boʻyicha faol ish olib borilmoqda.
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bir qator boshqa sohalar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, migratsiya ularning asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Mamlakatimiz Xalqaro migratsiya tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo sifatida qoʻshilganidan soʻng Oʻzbekistonning mazkur tashkilot bilan hamkorligi yangi bosqichga koʻtarildi. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etilishi bilan bu masala boʻyicha Milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Odam savdosiga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha profilaktika va targʻibot-tashviqot tadbirlari, shuningdek, aholi oʻrtasida maʼrifiy ishlar olib borilishi natijasida soʻnggi ikki yilda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar deyarli 2 baravar kamaydi (2018-yilda 123 ta, 2019-yilda 77 ta, 2020-yilning 10 oyida 76 ta jinoyat ishi). Xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Oʻzbekistonda bolalar mehnati butunlay yoʻq qilindi. Shu bilan birga, mazkur masala hali ham davlat siyosatining kun tartibidan olib tashlangani yoʻqligi qayd etildi.
Jon Richmond bolalar mehnatiga butunlay barham berish borasidagi ijobiy oʻzgarishlarni va Oʻzbekistonda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalarini eʼtirof etdi.
Tadbir davomida migratsiya, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish, mehnat huquqlarini taʼminlash va boshqa masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Tomonlar bu yoʻnalishda oʻzaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Oston Oʻrunov Eron chempionatidagi eng qimmat futbolchiga aylandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring