Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionati saralashi uchun yakuniy tarkibi maʼlum
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionati saralashi uchun yakuniy tarkibi maʼlum boʻldi.
Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabariga koʻra, ushbu musobaqada 2003-yil va undan keyin tugʻilgan futbolchilar ishtirok etishlari mumkin, biroq Milliy terma jamoaga jalb etilgan yosh futbolchilar – Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayev bunga jalb etilmagan.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining tarkibi:
Darvozabonlar – Otabek Boymurodov (“Buxoro”), Samandar Muratboyev (“Olimpik-Mobiuz”), Edem Neʼmanov (“Dinamo”).
Himoyachilar – Diyor Ortiqboyev (“Xorazm”), Otabek Ahadov (“Soʻgʻdiyona”), Izzatulla Poʻlatov (“Buxoro”), Mahmud Muhammadjonov (“Dinamo”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”), Saidafzal Ahrorov (OKMK), Jahongir Oʻrozov (“Dinamo”), Dilshod Abdullayev (“Paxtakor”), Zafarmurod Abdurahmatov (“Nasaf”).
Yarim himoyachilar – Umarali Rahmonaliyev (“Sabax”), Behroʻz Asqarov (“Paxtakor”), Ravshan Xayrullayev (“Buxoro”), Sherzod Esonov (erkin agent), Sardor Bahromov (“Buxoro”), Oybek Oʻrmonjonov (“Dinamo”), Muhammadali Oʻrinboyev (“Antverpen”), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Asilbek Jumayev (“Surxon”).
Hujumchilar – Zafar Xolmurodov (OKMK), Samandar Mavlonqulov (“Soʻgʻdiyona”), Rustam Turdimurodov (“Surxon”).

Eslatib oʻtamiz, saralash oʻyinlari 3-9-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi joy olgan guruhga Bishkek shahri mezbonlik qiladi. Ushbu guruhda Oʻzbekiston U-23 jamoasidan tashqari Qirgʻiz Respublikasi, Falastin va Shri-Lanka jamoalari ham qatnashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring