Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogi saralash bosqichidagi raqiblari maʼlum boʻldi
Arxiv foto
Futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasida 2025-yil oʻtkaziladigan Osiyo kubogining saralash bosqichiga qurʼa tashlandi. Kuala-Lumpurda oʻtkazilgan marosimda Oʻzbekiston terma jamoasi «B» guruhidan oʻrin oldi.
Shunday qilib, jamoamizga Kambodja, Nepal, Xitoy Taypeyi va Bahrayn yoshlari raqiblik qiladigan boʻldi.
Qurʼaga koʻra 1-turda vakillarimiz dam oladi. Ikkinchi turda esa yosh futbolchilarimiz Kambodja, 3-turda Nepal, 4-turda Xitoy Taypeyi, 5-turda Bahrayn yoshlari bilan bellashadi.
Oʻzbekistonlik yoshlar amaldagi Osiyo kubogi gʻolibi hisoblanadi. Jamoamiz 2023-yilda yurtimizda oʻtkazilgan turnir finalida Iroqlik tengqurlarini yengib, kubokni qoʻlga kiritgan edi.
Saralash oʻyinlari joriy yilning 21-29-sentyabr kunlari Xitoy Taypeyida boʻlib oʻtadi. Uning natijalariga koʻra, 10 ta guruh gʻolibi va guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa 2025-yilning 6 — 23-fevral kunlari Xitoyda oʻtkaziladigan Osiyo kubogida qatnashadi.
Oldinroq, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogi saralash bosqichidagi raqiblari maʼlum boʻlgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring