O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun Jahon chempionati yakunlandi
Bugun, 18 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-17 jahon chempionatining nimchorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Kun doirasidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Italiya jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 3:2 hisobi Yevropa vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘oliblar safida gollarga Tomas Kampaniello (2 ta) va Dauna Amihere mualliflik qildi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining javob gollariga Azizbek Murodov va Azizbek Erimbetov mualliflik qildi.
Shu tariqa nimchorak finalda g‘alaba qozongan Italiya U-17 terma jamoasi turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun esa musobaqa shu bosqichda yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring