Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi nimchorak finalda
15-noyabr kuni Qatar mamlakatida boʻlib oʻtayotgan U-17 jahon chempionatining 1/16 final bosqichi oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidagi bahsda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Xorvatiya U-17 termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Oʻzbekistondan asosiy vaqtda kiritilgan gol muallifi Sadriddin Hasanov boʻldi, Xorvatiya safida esa Tino Kusanovich hisobni tenglashtirdi.
Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasidan Sadriddin Hasanov, Azizbek Abdumoʻminov, Muhammad Habibullayev va Behroʻz Saidmurodov zarbalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Faqatgina Muhammad Hakimov gol uta olmadi.
Xorvatiya oʻsmirlaridan esa Tino Kusanovich, Gabriјyel Sivales va Roko Voyvodik penaltidan gol urdi. Raul Kumar va Karlo Paysar zarbada adashdi.
Shu tariqa seriya Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoaning 4:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Maʼlumot uchun, endi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning nimchorak finalida Italiya termasi bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyin 18-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring