Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Afrika vakilini magʻlub etdi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Jahon chempionati oldidan navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu bahsda Islom Ismoilov jamoasiga Kot-dʼIvuar terma jamoasi raqiblik qildi.
Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. Kiritilgan gollarga Moʻminxon Bahodirxonov va Qahramon Turgʻunov mualliflik qildi. Shuningdek, terma jamoa darvozaboni Neʼmatulloh Rustamjonov penaltini qaytara oldi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati oldidan soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinini 29-oktyabr kuni Burkina-Fasoga qarshi oʻtkazadi.
Jahon chempionatidagi birinchi oʻyin esa 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring