Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

10:26 18 Iyun 2025 Siyosat
264 0

Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.

Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida muhokama qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?