Oʻzbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta oʻta murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi

Foto: Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati
Oʻzbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta oʻng son suyagi distal qismi suyak infarkti boʻyicha ortopedik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
Milliy Tibbiyot Markazi Matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur markaz tarixda birinchi marta oʻng son suyagi distal qismi suyak infarkti boʻyicha murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bu jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasidagi yangi bosqichni boshlab berdi va tibbiyot tarixida muhim yutuq sifatida qayd etildi.
Amaliyot davomida ortoped-jarrohlar suyakning qon bilan taʼminlanishini tiklab, nekroz jarayonining oldini olishga muvaffaq boʻldilar. Bu usul bemorning sogʻligʻini tiklashda va sogʻlom hayotga qaytishda katta ahamiyat kasb etadi. Operatsiya natijasida bemor sogʻligʻi tezda barqarorlashdi va uning harakatlanish imkoniyatlari qayta tiklandi.
Ushbu muvaffaqiyat Milliy Tibbiyot Markazi jamoasining yuqori malakali mutaxassislaridan tashkil topganligini va ularning ilgʻor texnologiyalardan samarali foydalanishlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Mazkur jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasining rivojlanib borayotganini koʻrsatadi va kelgusida yanada murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring