Oʻzbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi
Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi oʻtkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yoʻnalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.
Terma jamoamiz aʼzolari bilan tanishing:
Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, PTMA IM 11-sinf oʻquvchisi;
— Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf oʻquvchisi;
— Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf oʻquvchisi;
— Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf oʻquvchisi;
— Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf oʻquvchisi;
— Gʻafforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf oʻquvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring