Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi sobiq klubiga qaytdi
Foto: “Ordabasi”
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Shahboz Umarov faoliyatini Qozogʻiston chempionatida davom ettiradigan boʻldi. Bu haqida qozoq matbuotida xabar berilmoqda.
Qayd etilishicha, Umarov sobiq jamoasi “Ordabasi”ga oʻtadi, tomonlar ogʻzaki kelishuvga erishgan. Shahboz Qozogʻiston klubi safiga erkin agent sifatida borib qoʻshiladi.
Oʻzbekistonlik futbolchi mavsumning birinchi qismini Qozogʻistonning boshqa bir jamoasi – “Turon”da oʻtkazdi. Bu vaqt mobaynida u jami 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Biroq klub moliyaviy sabablar tufayli legioner futbolchilari bilan xayrlashdi. Jumladan, Shahboz Umarov ham jamoani tark etdi.
Eslatib oʻtamiz, 26 yoshli vinger avval ham Chimkent klubi safida oʻynab, Qozogʻiston chempionatida zafar qozongan hamda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. Umarov faoliyati davomida OKMK, “Energetik-BGU” va BATE jamoalarida ham toʻp surgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring