Oʻzbekiston — Shvetsiya: parlamentlararo hamkorlik aloqalari yana-da mustahkamlanadi
Taraqqiyotning yangi davrida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, konstruktiv tashqi siyosat olib borishda parlament diplomatiyasi ham muhim oʻrin tutmoqda. Bunda xorij davlatlari parlamentlari bilan doʻstlik guruhlari imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2021-yil 11-may kuni parlament quyi palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Shvetsiya Riksdagi parlamentlararo hamkorlik guruhining uchrashuvi videokonferensaloqa shaklida oʻtkazildi.
Unda doʻstlik guruhiga aʼzo deputatlar, Shvetsiya Riksdagining Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik guruhi raisi Xanna Vesteren rahbarligidagi doʻstlik guruhlari aʼzolari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Dilorom Fayziyeva tomonidan palata faoliyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasi asosida bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Muloqotda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, inson huquqlari, gender tenglik sohalarida muntazam tajriba almashib borishga kelishib oldilar. Shuningdek, Shvetsiya parlamenti vakillari Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam berishini hamda qoʻllab-quvvatlashini bildirib oʻtdilar.
Suhbat chogʻida Shvetsiya Riksdagi vakillari Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Prezident saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga qiziqish bildirishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni yana-da chuqurlashtirish muhimligi taʼkidlandi. Boisi, aynan parlamentlararo aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni barcha sohalarda yana-da kengaytirish uchun xalqaro shartnomalarni tezkor ravishda ratifikatsiya qilishda muhim rol oʻynaydi.
Muloqot yakunida parlamentlararo muloqotni turli darajada faollashtirish, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha doimiy maslahatlar olib borilishiga kelishib olindi. Bu borada aniq chora-tadbirlar toʻgʻrisida takliflar berildi va oʻzaro hamkorlikda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring