Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan rossiyalik sportchi Olimpiadadagi yurishini gʻalaba bilan boshladi. Oqtengeda esa magʻlubiyat

14:55 06 Avgust 2024 Sport
222 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Rustam Assakalov va Oqtenge Keunimjayeva “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.

Yunon-rum kurashida -97 kg vazn toifasida qatnashayotgan Rustam Assakolov Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi. Tajribali kurashchimiz 1/8 finalda gonduraslik Kevin Mexiyani magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda unga armanistonlik Artur Aleksanyan raqiblik qiladi.

Oktenge Keunimjayeva esa -50 kg vazn toifasida 1/8 finalda ukrainalik Oksana Livach bilan bellashdi. Bahs Livachning gʻalabasi bilan yakunlandi. Endi ukrain sportchisi finalgacha yetib borgan taqdirda Aktenge bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Rustam Assakalov 1984-yil 13-iyulda Rossiyaning Novorossiysk viloyatida tugʻilgan. 2013-yildan beri Oʻzbekiston sharafini himoya qilib keladi.

Aktenge Keunimjayeva 1999-yil 19-sentyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Aktenge kurash boʻyicha Osiyo chempionatining uch karra bronza medali sovrindori hamdir.

Avvalroq, birinchi sport kurashchimiz Islomjon Bahromov turnirni tark etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер