O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

17:09 08 Noyabr 2023 Sport
289 0

Avval xabar berganimizdek, shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE jahon chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi bu xabarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

“Xalqaro shaxmat federatsiyasi - FIDE O‘zbekistonning shaxmat bo‘yicha boy an’analarini va uning so‘nggi yillardagi shaxmat olamida qudratli davlat sifatida shakllanganligini e’tirif etadi. Shaxmatga bo‘lgan ana shunday fidoyilik  va sarmoya bizni ushbu nufuzli musobaqa mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirishimizga turtki bo‘ldi”, – degan FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich.

“O‘zbekiston 2026 yilda Shaxmat Olimpiadasiga ham mezbonlik qiladi. Bunda World Rapid and Blitz kabi yirik musobaqaga mezbonlik qilish, albatta, Olimpiadaga tayyorgarlikni yanada kuchaytishga zamin yaratadi”, — deya qo‘shimcha qilgan Dvorkovich.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер