Oʻzbekiston Senati raisi BMT Bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMT kecha Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, unda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi istiqboli uchun muhim boʻlgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Jumladan, dengiz yoʻli orqali savdo aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro yaxshi munosabatlarining koʻlami kengayayotgani, mintaqadagi iqlim oʻzgarishi, ekologik muammolarga qaratilayotgan eʼtibor va yechimlar, qishloq xoʻjaligidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, onlayn savdo tizimini rivojlantirish, tranzit yoʻllarining xavfsizligi masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi savdo, transport va kommunikatsiya sohalari hamda bu borada xalqaro darajada qilinishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring