Oʻzbekiston — Rossiya tibbiyot forumi doirasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik boʻyicha uch tomonlama memorandum imzolandi
Yevroosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori hamda “Rusatom Xelskea” kompaniyasining oʻrtasida imzolangan mazkur hujjat farmatsevtika sohasida yaqin hamkorlikni oʻz ichiga oladi.
Kelishuvga koʻra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi maydonida dori vositalari va farmatsevtika substansiyalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish shuningdek, ilmiy-amaliy va taʼlim loyihalarida birgalikda ishtirok etish koʻzda tutilmoqda.
Forum doirasidagi uchrashuvlar davomida Yevroosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi boshqaruvi prezidenti Vladislav Shestakov YEOII doirasida ilgʻor tajriba bilan almashish muhimligini qayd etib, hamkorlarning buyurtmasiga koʻra eksklyuziv malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi, qolaversa, Akademiya ekspertlari farminjiniring va zarur ishlab chiqarish amaliyotlari yoʻnalishidagi qoʻshma loyihalarda ishtirok etishga ham tayyorligini bildirdi.
Oʻz navbatida, Davlat markazi rahbari Mirzohidjon Qodirov nufuzli ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali yagona farmatsevtika bozorini rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.
— Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, xavfsizligi va samaradorligi biz uchun ustuvor masala hisoblanadi, — dedi M. Qodirov. — Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan sheriklik aloqalarimizning mustahkamlash, dori vositalarining xavfsizligini taʼminlash va xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishdan manfaatdormiz.
Memorandum imzolagan yana bir hamkor “Rosatom Xelskea” bosh direktori Igor Obrubov davlat korporatsiyasi haqida soʻz yuritar ekan Rosatom sogʻliqni saqlash sohasidagi vazifalarini amalga oshirishga kompleks ravishda yondashishi, ushbu sohadagi faoliyat izotop kompleks, radiofarmatsevtika mahsulotlari, yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlash kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishini taʼkidlab, Oʻzbekiston tomoni bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring