Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi Saydi Umirov vafot etdi

00:33 15 Noyabr 2020 Jamiyat
2190 0

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, minglab jurnalistlarning qadrli ustozi, publitsist Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi.

Shu munosabat bilan “Xalq soʻzi” — "Narodnoye slovo" gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

U kishining nomi respublikamiz ziyolilari orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.

Saydi Umirov 1938-yil 10-fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari aʼzosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori edi.

Saydi Umirovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?