“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / “Xalq so‘zi”
Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda barqaror rivojlanishning yangi talablaridan kelib chiqib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yangicha yondashuv asosida islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ekologik barqarorlikning muhim omili sifatida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish va saqlab qolish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Orolning qurigan tubini yashil qoplamalar bilan qoplash, shuningdek, sanoat korxonalari va transport vositalari tashlamalarini qisqartirish borasida choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur tadbirlar nafaqat yurtimiz, balki mintaqada ekologik barqarorlik maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Sohani rivojlantirishning konsepsiyasi va uning yo‘nalishlari bo‘yicha strategiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ekologik barqarorlikni ta’minlashda davlat va jamoat organlari, keng jamoatchilik vakillari birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Sohada bevosita va bilvosita faoliyat olib borayotganlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.
Mazkur faxriy unvon mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, bioxilmaxillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan fuqarolarga beriladi.
Shuningdek, ushbu unvon bilan ekologik jihatdan toza va innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, yashil hududlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlar va soha vakillari, ekofaollar ham taqdirlanadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring