Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nishoni — “An-Nahda“ ordeni bilan mukofotlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Iordaniya Podshohining davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda“ (“Renessans“) ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu mamlakatning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.
- Ushbu mukofotni koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarimizning munosib eʼtirofi, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan Oʻzbekiston xalqiga doʻstona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman, — dedi Prezidentimiz.
Iordaniya Podshohining Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi va samarali muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar yangi sheriklik darajasiga koʻtarildi.
Yetakchilar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga kelishib oldilar.
Davlatimiz rahbari Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniyaning jadal rivojlanishiga, mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosatini amalga oshirishga, xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va taʼsiri yuksalishiga qoʻshgan hissasini alohida qayd etdi.
Prezidentimiz ushbu yuksak mukofot Oʻzbekiston va Iordaniya xalqlari oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik ramzi sifatida munosib oʻrin egallashini taʼkidladi.
Davlatimiz rahbari soʻzining yakunida Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynga mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Iordaniya xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring