Oʻzbekiston qariyb 11 million AQSH dollariga teng qovun eksport qilgan
Oʻzbekiston joriy yilda katta miqdordagi qovun mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.
Ushbu davr mobaynida eng koʻp yurtimiz qovunlarini import qilgan mamlakat Qirgʻiz Respublikasi boʻlib, mamlakat 7,2 ming tonnani tashkil etadi.
Bundan tashqari, Qozogʻiston ham eng katta qovun importchilaridan boʻlib, 6,2 ming tonna qovunni mamlakatiga olib kirgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Rossiyaga 5,9 ming tonna, Latviyaga 1,3 ming tonna va Germaniyaga 0,8 ming tonna qovun joʻnatgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qanchaligi ochiqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring