Oʻzbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov olamdan oʻtdi

Samarqand viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Qahramoni Hasan Norbekovich Normurodov 23-aprel kuni 82 yoshida vafot etdi.
U kishi uzoq yillar davomida xalq taʼlimi tizimida ishlagan, keyinchalik “Nuroniy” jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi sifatida vatanimiz taraqqiyoti, yoshlar tarbiyasi hamda mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qoʻshgan fidoyi inson edi.
Hasan Normurodov oʻzining samimiyligi bilan nafaqat viloyat, balki Respublikamizda jonkuyar mehnat faxriysi sifatida katta hurmat, eʼtibor qozongan.
U 2019-yilda Prezidentimiz farmoniga koʻra “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
“Xalq soʻzi” tahririyati Hasan Normurodovning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan Oʻzbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi Hasan Normurodovni borib koʻrgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring