Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi oʻz nihoyasiga yetdi.
Sian shahrida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi, yakunda yetakchilar Qoʻshma bayonotni imzoladilar va 2023-2027-yillarga moʻljallangan yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.
Tashrif doirasida jami 41 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, umumiy qiymati 25 milliard dollardan ziyod boʻlgan yangi yuqori texnologik sanoat, savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligi koʻrgazmasi bilan tanishildi, yangi qoʻshma loyihalar ishga tushirildi va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Aeroportda Oʻzbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va faxriy qorovul kuzatib qoʻydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring